Xorazm viloyati, Shovot tumani Qumyop mahallasi

blog

O‘zbekiston Respublikasi   Xalq ta’limi vazirining  2022-yil 28-iyuldagi  246-son buyrug‘iga   1-ILOVA
 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining   ichki tartib va odob-axloq qoidalari   
 
1-bob. Umumiy qoidalar  
 
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  “Ta’lim  to‘g‘risida”,  “Yoshlarga  oid davlat siyosati to‘g‘risida”, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga  yetmaganlar                                o‘rtasida                       nazoratsizlik                    va   huquqbuzarliklarning                       profilaktikasi  to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari  hamda  Vazirlar  Mahkamasining  “Barkamol  avlodni  tarbiyalashda  oila  instituti   va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan   o‘zaro  hamkorligini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarori    va umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.   
2. Ichki  tartib  qoidalari  -  umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasasida  xodimlar   va o‘quvchilar tomonidan ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarda va muassasa  Ustavida belgilab qo‘yilgan ta’lim jarayonida rioya etilishi shart bo‘lgan tartib   va qoidalar.  
Odob-axloq  qoidalari   -   umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasasida                                 milliy   va umuminsoniy qadriyatlar asosida xodimlar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun  belgilangan  xulq-atvor me’yorlari.     
3. Mazkur  ichki  tartib  va  odob-axloq  qoidalari   umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasasining  ma’naviy-ma’rifiy  yo‘nalishidagi  faoliyati  bilan  bog‘liq  asosiy   tamoyillarni  o‘z  ichiga  oladi  hamda  umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasasi  jamoasi   va o‘quvchilari rioya etishlari uchun majburiy hisoblanadi.   
4. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari  (keyingi o‘rinlarda – Qoidalar) ta’lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik   xodimlari  (keyingi  o‘rinlarda  –  jamoa  a’zolari)  hamda  o‘quvchilari,    ularning   ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun o‘zaro munosabatlarda   odob-axloq, xulq-atvor me’yorlariga qo‘yiladigan minimal talablarni belgilaydi.  
5. Ushbu Qoidalar umumiy o‘rta ta’lim muassasasida (keyingi o‘rinlarda   
 –  ta’lim  muassasasi)  ta’lim  va  tarbiyaning  o‘zaro  uyg‘unligini  ta’minlash,   o‘qituvchi  mavqeyining  daxlsizligini  e’tirof  etish,  do‘stona  muhitni  yaratish,   o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, inson va uning  huquqlariga              hurmatni           oshirish,                        odob-axloq                  va                  muloqot                        madaniyatini   rivojlantirishga qaratilgan.   
 

  
 
6. Mazkur Qoidalar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida  tatbiq etiladi, nodavlat va boshqa ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga  ega.  
7. Qoidalarning  joriy  etishdan  maqsad  ta’lim  muassasasida  sog‘lom  ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarga zamon talablari va milliy  qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish,   odob-axloq  va  muloqot  madaniyatini  rivojlantirish,  yuksak  ma’naviy-axloqiy   fazilatlarini shakllantirish, o‘quvchilar sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim muassasasi mulki,  o‘quv jihozlari va xodimlar xavfsizligini ta’minlashga imkon beradigan do‘stona   muhitni yaratishdan iborat.  
8. Qoidalar jamoa a’zolarining ta’lim muassasasi hududida, dars va darsdan  tashqari  mashg‘ulotlar,   tanaffus  vaqtlarida,  ta’lim  va  tarbiya  bilan  bog‘liq   tadbirlarda o‘zlarini tutishini tartibga soladigan me’yorlar hisoblanadi.  
9. Mazkur qoidalar jamoa a’zolari va o‘quvchilar uchun ta’lim muassasasi  hududida majburiy hisoblanadi.  
10. Qoidalarga  amal   qilish   yuzasidan   jamoatchilik,  ota-onalar,                                    ta’lim   muassasalari pedagog xodimlari orasida ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibot   qilinadi.  
2-bob. Ichki tartib qoidalariga rioya qilishi   
 
11. Ta’lim  muassasasida  shaffoflik,  hamjihatlik,  o‘zaro  ishonch,  izzat- hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish, zo‘ravonlikni oldini olish, do‘stona muhitni   yaratish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim  shartlardan biri hisoblanadi.  
12. Ta’lim  muassasalarida  faoliyat  olib  borayotgan  pedagoglar  har  bir  o‘quvchiga e’tiborli munosabatda bo‘ladi, o‘qitish jarayonida barcha o‘quvchilarga  teng imkoniyatlarni yaratadi va vujudga keladigan muammolarni, shu jumladan,   nizoli   holatlarni   qonunlarga   muvofiq   tasdiqlangan   (va   barcha   manfaatdor  tomonlarga ma’lum qilingan) qoidalar, ta’lim muassasasining ichki tartibiga ko‘ra  hal etadi. O‘quvchilar shaxsiga oid ma’lumotlar maxfiyligini saqlashga qat’iy amal  qilinadi.  
13. Irqi,   millati,   diniy   e’tiqodi,   jinsi,   oilaviy   ahvoli,   ijtimoiy   kelib  chiqishiga  ko‘ra,  o‘quvchini o‘quv  jarayonidan chetlatishga   yo‘l  qo‘yilmaydi.   Shu   bilan  birga,  qoidalarni  buzganlik  majburiy  ta’limdan  chetlatishga  yo‘l  qo‘yilmaydi (Sud qarorlari bilan maxsus ta’lim muassasasiga yuborish holatlari  bundan mustasno).  
14. Jamoa  a’zolari  ta’lim  muassasasida  quyidagilarga  rioya  etishlari  talab etiladi:  
- pedagog sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda o‘qituvchilar o‘zaro  munosabatlarda bir-biriga “Siz” deb murojaat etishlari;  
- rahbar, pedagog xodimlar o‘zaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida   hurmat, do‘stlik, hamjihatlik va adolat tamoyillariga rioya etishlari;  
 
2  
 

  
 
- jamoa  a’zolari  orasida  turli  xil  zo‘ravonlik  va    kamsituvchi  (bulling)   xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik;   
- jamoa a’zolari tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga o‘z vaqtida  kelishlari;  
- ta’lim muassasasi hududi va yo‘laklarida o‘ng tomonidan yurishlari;   
- jamoa   a’zolari bir-biriga duch kelganda   salomlashishlari, bunda, kichik   
yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi bo‘lib salom berishlari (ushbu holatlarda  qo‘l berib so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi  bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina ularga javoban qo‘l uzatishlari tavsiya etiladi);  
- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did   bilan kasbga mos holda kiyinishlari;   
- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor   yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;   
- erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon   qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘,  poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi;  
- ayollar  mavsumga  qarab  –  klassik  uslubdagi  yubka,  kostyum-yubka  (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi  shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan   kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda   bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi;  
(Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari   formasining  rangi  va   qo‘shimcha  belgilariga  mazkur  nizom   talablaridan  kelib   chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.)   
- umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy   tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida  jismoniy                     tarbiya  va                   chaqiruvga                 qadar     boshlang‘ich       tayyorgarlik                 fanlari   o‘qituvchilarining   yurishiga   ruxsat   beriladi,   shuningdek,   ta’lim   muassasasi  hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno)   kiyimlarida bo‘lmasligi;   
xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:  
- tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan  
bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan   bo‘lishi;  
- ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki  metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz   qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi;   
- xodimlar boshqa tashkilotlar xodimlari bilan xizmat doirasidagi o‘zaro  samarali hamkorlikka erishish uchun o‘zlarining namunali xulq-atvorini namoyon   etishi;  
-  xodimlar  o‘z  faoliyatida  manfaatlar  to‘qnashuviga  sabab  bo‘ladigan  shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari;  
-  har  bir  xodim  o‘zining  pedagogik  va  psixologik  sohadagi  ko‘nikma   va bilimlarini doim takomillashtirib borishi, shu bilan birga, malakasini hamda  
3  
 

  
 
professionallik  darajasini  oshirishga  ko‘mak  beradigan  tadbirlarda  muntazam  ishtirok etishlari;  
- jamoada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmon  va                 qarorlari,       shuningdek,   O‘zbekiston                Respublikasi   Hukumatining  qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan tanishib borishi va ularga  og‘ishmasdan  amal  qilishi,  mavjud  barcha  standartlar,  bayonlar,  tavsiyalardan   xabardor bo‘lishi hamda professionallik darajasini oshirib borishi;  
-  mehnat  faoliyatini  amalga  oshirishda  qiyinchiliklarga  duch  kelganda   pedagog  xodimga  hamkasblariga  yordam  so‘rab  murojaat  qilishi  yoki  unga  murojaat qilgan hamkasblariga yordam berishi;  
-  o‘qituvchilar  va  ota-onalar  o‘rtasidagi  munosabatlarda  o‘zaro  hurmat,  ishonch va shaffoflik tamoyillariga asoslanishi;  
-  xodimlar  bir-biriga  kasb  etikasi  doirasida  hurmat  bilan  munosabatda   bo‘lishi, o‘z bilim, ko‘nikma hamda tajribalarini beminnat va beg‘araz ulashishga  tayyor bo‘lishi;   
- jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda tanqidiy fikrlarni to‘g‘ri va  asosli qabul qilishi, tanqid qilayotgan xodimning zarur va kerakli tavsiyalariga  rioya qilishi;  
- ta’lim muassasasi rahbari ta’lim muassasasi faoliyatining shaffof va ochiq  ravishda  tashkil  etishi  masalalari  yuzasidan  fuqarolar  (ota-onalar)  murojaatini  ko‘rib chiqishda alohida e’tibor qaratishlari shart.   
15. Ta’lim  muassasasi  hududida  jamoa  a’zolarining  ota-onalar  (ularning  o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan munosabatlari o‘zaro hurmat va xushmuomalalik  tamoyillariga       asoslanishi  lozim,   biror         bir  taraf                        tomonidan   boshqasining  shaxsiyatiga  zo‘ravonlikni   aks                                            ettiruvchi         va        kamsituvchi       (bulling)    xatti-harakatlarning sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;  
- mutasaddi tashkilotlar va ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)  ta’lim  muassasasidagi  dars  jarayoniga  aralashishiga  qat’iyan  yo‘l  qo‘yilmaydi,   tomonlar  o‘rtasida  yuzaga  keladigan  har  qanday  nizoli  vaziyatlar  faqatgina  muassasa rahbariyati (direktor va uning o‘rinbosarlari) hamda muassasa psixologi  bilan dars jarayoniga xalaqit bermagan holatda hal etiladi;  
-  ota-ona  va  pedagog  o‘rtasida  shunday  ziddiyat  ro‘y  bergan  holda   o‘qituvchi ta’lim muassasasi ma’muriyatiga xabar beradi;  
-   tomonlar   yuqoridagi   talablarga   rioya   etmagan   holatlarda   vaziyatni  barqarorlashtirish  uchun  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish   organlari  vakili  va  ta’lim muassasasiga biriktirilgan ichki ishlar organlarining inspektor-psixologiga   murojaat etiladi;  
-  ta’lim  muassasasi  o‘quvchi  manfaatlari  yo‘lida  oshkor  etilishi  kerak   bo‘lgan barcha ma’lumotni o‘quvchining ota-onasiga (oilasiga) kelishilgan holda  yetkazishi;  
-  o‘qituvchi  mamlakatda,  jamiyatda,  ta’lim  muassasasida  va  sinfdagi  mavjud qadriyatlar, an’analar hamda madaniyatlarni tushunish va hurmat qilishga  
4  
 

  
 
intilishi;  
- o‘qituvchi ta’lim muassasasi, oila va jamiyat   o‘rtasidagi munosabatlarda   pozitiv va faolligini namoyish etishi lozim.  
16. O‘quvchilarga ta’lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:    
-  ta’lim  muassasasi  Ustavida  belgilangan  formadan  tashqari  qiyofada,  
jumladan, o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, ochiq,  tor va tanani shaffof ko‘rsatuvchi kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga  turli xil taqinchoqlar taqishi;  
-  o‘zaro  munosabatlarda  inson  shaxsiyatini  va  qadr-qimmatini  kamsitish  (bulling), haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy   va boshqa) zo‘ravonlik ko‘rsatish;  
-  qonun  bilan  taqiqlangan,  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlarga  xos   bo‘lmagan yoki ta’lim muassasasining ichki munosabatlariga tegishli, shuningdek,   ta’lim muassasasi va o‘qituvchi obro‘sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks  etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki  undan turli g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishi;  
- dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli   xil   audio  qurilmalardan  foydalanishi,  dars  jarayonini  uyali  aloqa  vositasining  kamerasi orqali suratga olishi;  
- ta’lim muassasasi kompyuterlarida ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lmagan   ma’lumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bolalarning yosh  xususiyatlariga mos bo‘lmagan turli videomateriallar, behayo suratlar, milliy, irqiy,  etnik, diniy adovatni, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har   qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlash, saqlash, foydalanish va targ‘ib  etish.  
17. Ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa vositalarini  o‘chirib qo‘yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa  shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari qurilmalarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib   qo‘yishi (“Ovozsiz” holatga o‘tkazishi) shart.  
Ta’lim  muassasalarida  o‘tkaziladigan  o‘quv  mashg‘ulotlari  va  tadbirlar  (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari) boshlanishidan oldin ta’lim  oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda telefonini sumkasiga solib qo‘yishi  shart  (O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  21-maydagi  139-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan   foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”).   
18.  O‘quvchi  tomonidan  ogohlantirilishiga  qaramasdan  dars  jarayonida   telefondan foydalanish holatlari davom etgan holatda sinf rahbari va muassasa  rahbariyati  o‘quvchining  telefoni  (smartfon,  planshet  va  boshqa  qurilmalar)  o‘rnatilgan  tarzda       olib    qo‘yiladi,    holat                     yuzasidan      o‘quvchining        ota-onasi  ogohlantiriladi.   Holat                     bo‘yicha  inspektor-psixolog     tomonidan  o‘quvchining   ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi   “Oila-mahalla-ta’lim  muassasasi”     hamkorligi          Jamoat         kengashi                           va     kuzatuv  kengashlari  doirasida  muhokama  etilib,  tegishli  tushuntirishlar  olib  borgandan  
 
5  
 

  
 
so‘ng  telefon  (mobil  aloqa  vositalari)  o‘quvchining  ota-onasi  (ularning  o‘rnini  bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi.  
Shunday holat o‘quv yili davomida takrorlanganda o‘quvchi ichki ishlar  organlarining profilaktik ro‘yxatiga olinadi.  
19. O‘qituvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:  
- jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish,  
ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik ko‘rsatish;  
-  o‘quvchilarni  dars  mashg‘ulotlaridan  asossiz  chiqarib  yuborish  yoki   
kiritmaslik;   
-  “Chiqish”  qo‘ng‘irog‘i  chalingandan  keyin  o‘quvchilarni  sinfxonada   
ushlab o‘tirish;  
- ta’lim muassasasiga va dars mashg‘ulotlariga spirtli ichimliklar iste’mol   
qilgan, soch-soqolni tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda   kelish;  
-  ta’lim  muassasasi  hududi  va  binosida  spirtli  ichimliklar  va  tamaki  mahsulotlarini iste’mol qilish;  
- muassasa hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi   bo‘lmagan turli xil tadbirlar (tug‘ilgan kun, yubiley, iftorlik va boshqa tadbirlar  bilan bog‘liq bayramona dasturxonlar)ni tashkil etish;  
- ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik   ishlari dars mashg‘ulotlari vaqtida o‘tkazilishi taqiqlanadi.  
20. Ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlarning ish faoliyatiga  doir masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishda bir tarafning boshqa tarafga tazyiq  o‘tkazishiga yoki shunga harakat qilishiga, shuningdek, adolat tamoyillariga yoki   ta’lim               muassasasi    manfaatlariga             zid               bo‘lgan            qarorlar         tayyorlanishiga             yo‘l  qo‘yilmaydi.  
21. O‘qituvchi  va   o‘quvchilarning   ta’lim-tarbiya  jarayonidagi                                    o‘zaro  munosabatlari “Ustoz-shogird” an’anasi asosida tartibga solinadi.    
O‘qituvchilar  tomonidan  tashkil  etiladigan  har  bir  dars  mashg‘ulotlarini  o‘quvchilarning  ma’naviy  dunyoqarashini  shakllantirishga  oid  hayotiy  misollar  bilan boyitishga e’tibor qaratadi.  
O‘qituvchilar metod kunlari maktabda o‘z ustida ishlashi, o‘z faniga oid  yangiliklar bilan muntazam tanishishi va dars jarayonlariga tatbiq etishi, maktab   jamoat ishlarida faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi.  
22.  Ta’lim  muassasasida  dars  mashg‘ulotlarining  boshlanishi  va  tugashi   “Kirish” va “Chiqish” qo‘ng‘iroqlari bilan tartibga solinadi. “Kirish” qo‘ng‘irog‘i   dars boshlanganligini bildiradi, u chalinishi bilan barcha o‘quvchilar dars jadvalida  belgilangan tegishli sinf xonalariga fan o‘qituvchilaridan oldin kirishadi.  
23. Ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan dars mashg‘ulotlari boshlanishida:  o‘qituvchi              sinfga  kirib             kelishi    bilan                    o‘quvchilar     hurmat  yuzasidan  
o‘rinlaridan turgan holda kutib olishlari, bir ovozdan “Assalomu alaykum” (rus tili  yoki chet tili fanlarida tegishli tilda salomlashish) deb salom berishlari;  
o‘qituvchi “Va alaykum assalom” (rus tili yoki chet tili fanlarida tegishli  tilda  salomlashish)  deb  alik  olishlari  va  uning  ruxsatidan  so‘ng  o‘quvchilar  
 
6  
 

  
 
o‘rinlariga o‘tirishlari, bunda 1-4-sinf o‘quvchilari o‘quv kunining birinchi dars  soatida, 5-11-sinf o‘quvchilari har bir darsda sinfga kirgan fan o‘qituvchisiga xuddi  shunday tartibda munosabatda bo‘lishi lozim.  
24. Ta’lim muassasasida “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalinishi bilan o‘quvchilar  o‘qituvchining ruxsati bilan sinf xonasini tark etadilar. O‘z navbatida, o‘qituvchi  dars  mavzusini  akademik  soat  reglamentiga  muvofiq  to‘g‘ri  taqsimlashi  talab   etiladi.  
O‘qituvchi   sinfdan   chiqayotganda  o‘quvchilar   o‘rinlaridan                              turishlari,    “Xayr, salomat bo‘ling!” deb hurmat ko‘rsatishlari lozim.  
Dars  vaqtida  o‘quvchiga  o‘qituvchining  ruxsatisiz  sinf  xonasidan  chiqib  ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.  
25. O‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan munosabatda quyidagilarga yo‘l   qo‘yilmaydi:   
- o‘quvchilarni jazolash maqsadida ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatish  yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;  
-  ichki  tartib  va  kiyinish  madaniyatiga  rioya  qilmaydigan  o‘quvchilarni  sinfdoshlar yoki muassasa jamoasi oldida muhokama qilmaslik;  
- o‘quvchilar tomonidan uyga vazifani bajarmay kelgan o‘quvchini ommaviy   izza qilish holatlarini uyushtirmaslik;   
-  chet  elga  noqonuniy  ravishda  chiqib  ketgan  o‘quvchilar  to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni muassasa rahbariyatidan yashirmaslik;   
-  o‘quvchining  ota-onasi  yoki  qonuniy  vakillari  bilan  shaxsiy  adovatga  bormaslik;   
-  mazkur  qoidalarga  rioya  qilishda  o‘quvchilarga  ibrat  bo‘lib,  shaxsiy  namuna ko‘rsatish, ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish;  
- ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish;  
-  biror-bir  noxush  voqea  yoki  hodisa  ro‘y  bersa,  zudlik  bilan  ta’lim  
muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;  
- ta’lim muassasasining sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday  
holatlarning oldini olish;  
-    ta’lim   muassasasi   to‘g‘risidagi   axborotlardan  uning      manfaatlari   
va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;  
- mazkur qoidalarni barcha ta’lim muassasalarida har oyning birinchi haftasi  
juma kunlarida o‘tkaziladigan “Ma’naviyat va ma’rifat soat”larda keng tushuntirib  borish;   
yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli   odatlardan  va  boshqa  turli  halokatli  tahdidlar  hamda  jamiyatimiz  uchun  yot   bo‘lgan  diniy  va  ekstremistik  ta’sirlardan,  past  saviyali  “ommaviy  madaniyat”  xurujlaridan ogoh etib borish.  
26. Ota-onalarga belgilangan talablar:  
- ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;  
 
7  
 

  
 
-  o‘qituvchi  sha’ni  va  qadr-qimmatini  hurmat  qilishi,  dars  jarayonlarida  aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;   
- farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq  qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;   
- farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha  ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan  ta’minlash;   
- farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;  
- farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga  
o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;   
- sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati   
yuzasidan aloqada bo‘lish;  
-  farzandi  darslarga  kelmay  qolishi  mumkin  bo‘lgan  paytlarda  ta’lim  
muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;   
-  ta’lim  muassasasining  taklifiga  asosan  muassasada  o‘tkaziladigan  ota- 
onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.   
 
3-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishi    
 
27. O‘quvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya etish talablari:   
a) ta’lim muassasasi binosi va uning hududida:  
-  ta’lim  muassasasiga  mashg‘ulotlar  boshlanishidan  10-15  daqiqa  oldin,  
ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o‘quvchilar formasida kelish.  
Bunda,  davlat  umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasalarida  maktab               formasi   
2022-2023-o‘quv  yilidan  boshlab  bosqichma-bosqich,  2025-yildan  boshlab  esa  to‘liq joriy etilishini inobatga olish;  
- toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish;  
-  o‘zidan  kichiklarga  nisbatan  izzatda  bo‘lish,  kattalarga  esa  hurmat  
ko‘rsatish;   
-    o‘qituvchilar   va    ta’lim    muassasasiga   kelgan    mehmonlar      bilan  
uchrashganda salom berish;  
- ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot  
dunyosi  va  hokazolar)  va  o‘quv  jihozlari  (kompyuter  texnikasi,  laboratoriya  jihozlari,  sinfxonalardagi  stend  va  bannerlar)ga  ehtiyotkorona  munosabatda   bo‘lish;  
- ta’lim muassasasi mulkiga zarar yetkazilgan hollarda ota-onalar (ularning  o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qoplanishi;  
- ta’lim muassasasi yo‘laklarida tinchlikni saqlash, ichki tartib va odob-axloq   qoidalariga qat’iy rioya qilish;   
 
8  
 

  
 
- ta’lim muassasasiga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar   va            daftarlar                     bilan     kelish               (o‘quvchilar        uchun      mo‘ljallangan                       zarur    o‘quv  qurollarining bo‘lishi);  
-  ta’lim  muassasasi  hududida  telefonini  o‘chirib,  (smartfon,  planshet   va boshqa qurilmalar) portfel yoki sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yish;  
chiqindilarni muassasa binosi va hududidagi maxsus belgilangan idishlarga  tashlash;   
b) dars mashg‘ulotlarida:  
- tegishli darslik va zarur o‘quv qurollari bilan ishtirok etish;  
- vaqtini va diqqatini o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan maqsadlarga sarflash  
va qaratish;  
- o‘qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi bo‘lganda  
qo‘lini ko‘tarib ruxsat so‘rash;  
sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish;  
d) tanaffusda:  
- o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;  
- navbatdagi dars bo‘ladigan sinf xonasiga o‘z vaqtida o‘tish;   
- fan o‘qituvchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash;   
- katta tanaffus vaqtida navbatchi o‘quvchilar tomonidan sinf xonasining  
tozaligini ta’minlash;   
e) ta’lim muassasasi oshxonasida:  
- ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvish;  
- umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish;   
- taomlarni olishda “navbatga turish” tartibiga rioya qilish va imkoni boricha  
ijtimoiy masofani saqlash;  
-  tirbandlik  holatida  ustozlar,  o‘zidan  kichiklarga  va  qizlarga  hurmat  
ko‘rsatish;   
- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;   
- issiq va suyuq ovqatlarni olishda va iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish;  
- oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning o‘zida iste’mol  
qilish;  
- ovqatlangandan so‘ng idishlarni yig‘ishtirib qo‘yish;  
f) ta’lim muassasasi kutubxonasida:  
- kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish;  
- kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;  
- kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish;  
 g) sport zali (majmuasi)da:   
- sport zaliga xos bo‘lgan kiyim va poyabzalda kirish;  
- sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;  
9  
 

  
 
-  mashg‘ulotlardan  keyin  sport  inventarlarini  belgilangan  joylarga  qayta   topshirish;  
- sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilish.  
28.    O‘quvchilarga   odob-axloq   qoidalari    doirasida          quyidagilar  
taqiqlanadi:  
a) ta’lim muassasasida va uning hududida:  
- o‘zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish;  
- dars mashg‘ulotlari vaqtida ta’lim muassasasi hududida sababsiz yurish;   
-  ta’lim  muassasasi  yo‘laklari,  sinf  xonalari,  oshxona  va  kutubxonasida  
asossiz ravishda baland ovozda gaplashish;   
- ta’lim muassasasi hududida baland ovozda so‘zlashish, qog‘oz va boshqa  
chiqindilarni (belgilangan joylardan tashqarida) qoldirib ketish;  
-   muqovasida  ma’naviyatga  zid   bo‘lgan   tasvirlar  tushirilgan     yozuv  
daftarlaridan foydalanish;  
-  turli  narkotik  va  psixotrop  moddalar,  spirtli  ichimliklar  va  tamaki  
mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tarqatish;  
-  ta’lim  muassasasi  hududiga  turli  xil  pirotexnika  vositalari,  pnevmatik   
qurollar, o‘tkir kesuvchi va tig‘li buyumlarni olib kelish;  
- uyali aloqa vositalari orqali “ommaviy madaniyat”, turli xil yot g‘oyalarni   
targ‘ib etuvchi va terroristik-ekstremistik xarakterdagi audio va video materiallar   hamda pornografik xarakterdagi ma’lumotlarni ko‘rish va tarqatish, kiberbullingni  o‘tkazish;  
-  uyali  aloqa  vositalarini  bo‘yniga  osib  olishi,  ko‘ylak,  shim,  yubkalari   cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;  
b) dars mashg‘ulotlari (sinf xonalari)da:  
- dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;  
- qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;  
-   mashg‘ulotlar  yakunlangunga  qadar   ta’lim   muassasasi      hududidan  
o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;  
-  yozma  ishlar  va  oraliq  nazoratlarni  bajarish  vaqtida  chetdan  yordam  
so‘rash;  
-  boshqa  o‘quvchilar  tomonidan  tayyorlangan  topshiriqlar  yoki  yozma   ishlarni o‘z nomidan topshirish;  
- telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish,  uni parta ustiga qo‘yish.  
4-bob. Rag‘batlantirish va ta’sirchan choralar ko‘rish tartibi  
29. O‘quv yili davomida yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan,  
namunaviy xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun hamda mazkur ichki tartib va  odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida ijobiy  sog‘lom  
 
 
10  
 

  
 
muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa  a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi:   
- mahalla raislari bilan birgalikda namunali ota-onalarga “minnatdorchilik   xati”ni yuborish;  
-   ta’lim   muassasasi  buyrug‘i   bilan   o‘qituvchilarga  “Faxriy               yorliq”,  “tashakkurnoma” e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;  
- esdalik sovg‘alar bilan taqdirlash;  
- muassasa radiouzel va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilish;  
- “Eng faol o‘quvchi”, “Eng faol sinf” nominatsiyasi bilan taqdirlash;     
- o‘quvchilarning yashash manziliga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki  
mahalla fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma yuborish;  
- “Har bir nuroniy – o‘smir yoshlarning g‘amxo‘r murabbiyi” tamoyili   
asosida  tarbiyasi  og‘ir  o‘quvchilar  mahallada  katta  hurmatga  ega  bo‘lgan   nuroniylarning tarbiyasiga biriktirish.  
30. O‘quvchilar ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzgan taqdirda  ko‘riladigan choralar:   
o‘quvchining qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish;  
qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, o‘quvchini muassasa ichki  
nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish;  
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni muassasaga taklif qilish,  
“Oila-mahalla-ta’lim   muassasasi”   hamkorligi    jamoat    kengashi                                     doirasida  muhokama qilish;  
farzandi   tarbiyasiga  mas’uliyatsizlik  bilan   yondashayotgan  ota-onalar  (ularning  o‘rnini  bosuvchi  shaxslar)ning  ish  joyiga  yoki  mahalla  fuqarolar   yig‘iniga ma’lumot yuborish;  
ota-onasi   (ularning   o‘rnini   bosuvchi   shaxslar)ga   nisbatan   muassasaga  biriktirilgan               inspektor-psixolog     tomonidan  tegishli                       ma’muriy                 javobgarlik  choralarini qo‘llash.  
31. Mazkur  qoidalarga  rioya  etmaganlik  holatlari  ta’lim  muassasasidagi  Kuzatuv kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.  
32. Ta’lim   muassasasiga   biriktirilgan   inspektor-psixolog  odob-axloq  qoidalarining  buzilishi  holatlarini  ko‘rib  chiqish  natijalari  bo‘yicha  pedagog- xodimga nisbatan intizomiy yoki boshqa tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi  (mavjud emasligi) to‘g‘risida dalolatnoma tayyorlanadi.   
Qoidalar  buzilishi  holatlari  aniqlangan  taqdirda  qoidani  buzgan  pedagog   xodimni  javobgarlikka  tortish  to‘g‘risida  muassasa  rahbariga  taklif  kiritiladi.  Bunda yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda pedagog  xodimga      nisbatan          odob-axloq  qoidalarining                  buzilishiga                    yo‘l                  qo‘ymaslik  to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin.  
pedagoglar o‘zlari yo‘l qo‘ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko‘rib  chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o‘zini himoya qilish uchun dalillarni   
 
11  
 

  
 
taqdim etish, shuningdek muassasaning qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda   shikoyat qilish huquqiga ega.  
33. Jamoa a’zolari ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularga   nisbatan  mehnat  qonunchiligida  belgilangan  tartibda  intizomiy  jazo  choralari  qo‘llaniladi.  
4-bob. Yakuniy qoidalar  
34. Mazkur qoidalar bilan har o‘quv yili boshida o‘quvchilarning ota-onasi  
(yoki  ularning   o‘rnini  bosuvchi  shaxslar)ga  hamda  ta’lim  muassasasi  pedagog  xodimlari tanishtiriladi (tanishtirish varaqasi namunasi ilova qilinadi).  
35. Odob-axloq qoidalarida aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga  kelgan nizoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.  
36. Mazkur  Qoidalar  ta’lim  muassasasi  hududida  amal  qilinishi  lozim   bo‘lgan  minimal  talablar  hisoblanib,  muassasa  tomonidan  qabul  qilinadigan  Ustavda ushbu qoidalar qat’iy belgilangan holda kiritiladi  va uning ijrosi shaxsan  ta’lim muassasasi rahbari tomonidan ta’minlanadi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Qumyop mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@shovot26-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Октябрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili